21:17 / 04.11.2015
2779

Surxondaryoda 3.5 mln so‘mlik tamaki va alkogol mahsulotlari musodara qilindi

SVOJJDLQK departamentining Muzrobod tuman bo‘limi va tuman DSI xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda tumandagi korxonalardan birining boshlig‘i Doni Soliyev va do‘kon mudiri Zokir Abrorovlar rasmiylashtirilmagan mahsulotlar sotganligi aniqlandi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Ular korxonaga qarashli bo‘lgan do‘konda litsenziyasiz spirtli va tamaki mahsulotlari sotish bilan shug‘ullanganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan savdo do‘konidan jami 3.596 ming so‘m qiymatdagi mahsulotlar topilib, musodara qilindi.

Top