11:01 / 04.11.2015
6317

Toshkentda bir yil ichida ko‘plab yirik jinoyatlar sodir etgan o‘g‘ri qo‘lga olindi

Toshkentda surbetligi va “ustasi farang”ligi bilan tegishli davralarda tanilgan o‘g‘ri qo‘lga olindi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.

1981 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan Kozim Kabirov 2014 yilning o‘zida ko‘plab jinoyatlarni sodir etgan. Materialda ta'kidlanishicha, o‘z o‘g‘rilik va qallobliklarida u turli “original” uslublardan foydalangan.

Jumladan, 1947 yili tug‘ilgan Hasan To‘ramurodovga pullarni bankka qo‘yib, ko‘paytirishni va'da qilib, 48.6 mln so‘m va 900 dollar pulini o‘zlashtirgan. 1961 yili tug‘ilgan Surayyo Sherniyozovadan ham shu yo‘l bilan 64.44 mln so‘m pul olgan.

Uning shu va boshqa jinoyatlari Mirobod tuman sudida ko‘rib chiqilib, tegishli jazo choralari ko‘rildi.

Top