20:55 / 04.11.2015
2391

Turkiya TIV rahbari Iroqning kurd mintaqaviy ma'muriyatini barqarorlik omili deb atadi

Anqara Iroqning kurd mintaqaviy ma'muriyatini (IKMM) barqarorlik omili deb qabul qiladi, deb aytdi Turkiya tashqi ishlar vaziri Faridun Sinirlio‘g‘lu Shimoliy Iroq kurd muhtoriyati bosh vaziri Nechirvan Borzoniy bilan Iroqning Erbil shahrida o‘tkazilgan muzokaralardan keyin.

Uchrashuv kurd muhtoriyati hukumati rahbari ma'muriyatida yopiq eshiklar ortida o‘tdi.

“Turkiya va IKMM o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda kengaytirilmoqda. Ayniqsa bu hamkorlik terrorni yo‘q qilishda juda muhimdir. Turkiya IKMMga barqarorlik omili sifatida qaraydi. Shu munosabat bilan ikki tomonnning birgalikdagi ishi muhim ahamiyatga ega”, deb aytdi Sinirlio‘g‘lu.

O‘z navbatida Nechirvan Borzoniy Turkiya TIV rahbarini mamlakat parlamentiga saylovlarning muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi. U Turkiyaning yangi hukumati qisqa muddatlarda shakllantirilishiga hamda Anqara va Erbil o‘rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanishiga umid bildirib qoldi.

Top