09:07 / 04.11.2015
1742

Volkswagen 800 ming avtomobilda nuqson aniqlanganini ma'lum qildi

Volkswagen avtokonserni ichki tergov natijasida 800 mingta avtomobilda zararli chiqindilar darajasini aniqlashda ko‘rsatkichlar mos kelmasligi aniqlanganini ma'lum qildi, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi.

Kompaniyada ta'kidlanishicha, dastlabki baholashlarga ko‘ra, aniqlangan qoidabuzarliklardan konsernning ko‘radigan moliyaviy zararlari 2 mlrd yevroni tashkil qilishi mumkin.

“Volkswagen top-menejmenti mutasaddi muassasalar bilan aniqlangan qoidabuzarliklar oqibatlari borasida zudlik bilan muzokaralarga kirishadi”, deb aytildi kompaniyada.

AQSh hukumati Volkswagen dizel dvigatelli 10 mingga yaqin avtomobilda ikkinchi bor zararli chiqindilar sinovlarini qalbakilashtirganini aytdi.

Nemis avtokonserni AQSh mutasaddi tashkilotlarining yangi modellardagi avtomobillarda, xususan Porsche lyuks brendida chiqindilar ko‘rsatkichining pasaytirib ko‘rsatilishi haqidagi yangi ayblovlarini qat'iyan rad etgandi.

Top