11:46 / 04.11.2015
4720

Warcraft o‘yini asosida ishlangan filmning birinchi tizeri chiqarildi

3 noyabr kuni internetda Warcraft kompyuter o‘yini asosida ishlangan shu nomdagi filmning ilk tizeri chiqarildi. 15 soniyalik tizerda filmdan qisqa sahnalar ko‘rsatilgan.

Filmning ilk treyleri 6 noyabr kuni namoyish etilishi kutilmoqda.

Film syujyeti Anduin Lotar alyansi va Durotan boshchiligidagi tashkilot o‘rtasidagi ziddiyat asosiga qurilgan. Unda odamlar va maxluqlar birlashadi.

Warcraft filmining premerasi 2016 yilning iyuniga belgilangan. Film rejissyori Dankan Jons (musiqachi Devid Bouining o‘g‘li).

Top