23:55 / 04.11.2015
2473

Yangilangan Mitsubishi ASX krossoverining namoyishi haqida ma'lum qilindi

Mitsubishi Motors kompaniyasi 18 noyabrda Los-Anjyelesda bo‘lib o‘tadigan motorshouda o‘zining ikkita yangiligi bilan qatnashadi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ular ASX krossoverining restayl varianti va Mirage kompakt-karlari bo‘lishi kutilmoqda. Yangi mashinalar haqidagi to‘liq ma'lumotlarni sir tutishmoqda.

Oktyabr oyi oxirida Tokioda bo‘lib o‘tgan motorshouda Mitsubishi kompaniyasi so‘nggi avlodga mansub ASX modeli asosida ishlangan o‘zining eX yo‘ltanlamasini namoyish etgandi. Prototip to‘liq elektr quvvatlantirgich bilan jihozlangan bo‘lib, krossoverning zaxira yurishi 400 km. ni tashkil etadi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, yangi avlodga mansub ASX 2016 yilda namoyish etiladi, uning sotuvi esa o‘sha yilning oxirida mo‘ljallangan.

Top