09:00 / 05.11.2015
2592

AQShda Linkolnning qo‘lyozmalari kim oshdi savdosi orqali 2,2 mln dollarga sotildi

AQShning 16-prezidenti Avraam Linkolnga tegishli bo‘lgan qo‘lyozmalar Nyu-Yorkda kim oshdi savdosiga qo‘yildi va 2,213 mln dollarga sotildi. Bu haqda Heritage Auctions savdolar uyiga asoslanib, RIA Novosti xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, bu qo‘lyozmalar 1865 yilning martida, Linkolnning o‘limida 1 hafta oldin yozilgan.

1865 yilda ichki ishlar vaziri Jon Asher nomiga yozilgan xatni noma'lum bo‘lib qolishni istagan kishi xarid qildi. Matn Linkolnning ikkinchi inauguratsiya nutqining yakunini o‘z ichiga oladi. Unda siyosatchining inauguratsiya nutqidan (bay'at) iqtiboslar keltirilgan va uning imzosi tushirilgan.

Shu paytgacha xatga Asherlar oilasi a'zolari egalik qilgan.

Mutaxassislarning fikricha, ushbu qo‘lyozma Linkolnning inauguratsiya nutqi ifodalangan 5ta hujjatdan biri bo‘lgan.

Avraam Linkoln 1861 yilda AQSh prezidenti bo‘lgan, 1865 yilda u qullikni bekor qilishga qarshi bo‘lgan kishi tomonidan o‘ldirilgan.

Biroz oldinroq, Avraam Linkolnning sochlari to‘plami Heritage Auctions savdolar uyida 800 ming dollarga baholangandi.

Top