YeChLning 4-turi doirasida Belarusning BATE jamoasiga qarshi o‘yinda jarohat olgan "Barselona" futbolchisi Ivan Rakitichning ahvoli haqida batafsil ma'lum qildi.
Klub shifokorlari xorvatiyalik xavbekning mushaklari jarohatlanganini va u bu jarohati tufayli 1 oygacha o‘yinlarda ishtirok eta olmasligini bildirishgan.
Shu tariqa, "Barselona" 21 noyabr kuni "Real"ga qarshi muhim bahsda yana bir asosiy futbolchisini maydonga tushira olmaydi.