23:33 / 05.11.2015
2616

Britaniyaning internet-provayderlariga mijozlarning saytlarga tashrifi tarixini bir yil davomida saqlash majburiy qilinadi

Buyuk Britaniya hukumati qirollikdagi internet-provayderlariga o‘z mijozlarining saytlarga va veb-xizmatlarga tashrifi tarixini saqlab qo‘yish majburiyatini qo‘ydi, deb xabar bermoqda The Guardian nashri.

Bunda faqatgina saytlar va veb-xizmatlarga tashriflar tarixini fayllarni jo‘natish va qabul qilish, ularda saqlanadigan ma'lumotlarning oshkor etilishi kabi hech qanday aniq detallarni aniqlashtirmagan holda saqlash ko‘zda tutilgan. Hukumat ma'lumot olishi uchun buning uchun avval order olishlari kerak bo‘ladi, biroq shoshilinch vaziyatlarda internet-provayderlardan ma'lumotlarni olib, keyin esa zaruriy orderni olish mumkin bo‘ladi.

“Shubhasiz, bizning qonunlarimiz qayta ishlanishi zarur va biz bu qonun loyihasiga qarshi chiqishimiz dargumon”, deb aytdi Open Rights Group britan tashkiloti ijrochi direktori Jyeyms Killok.

Top