07:59 / 05.11.2015
4307

YeChL. «G» guruhi. «Chelsi» guruhda ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi

4 noyabr oqshomida Yevropa chempionlar ligasining 4-turi uchrashuvlari o‘tkazildi. "Ye" guruhi vakili, mavsumni omadsiz o‘tkazayotgan Joze Mourino murabbiyligidagi "Chelsi" Kiyevning "Dinamo"sini qabul qildi va muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Avvaliga kiyevliklar futbolchisi Dragovich mezbonlarga avtogol sovg‘a qildi, lekin ikkinchi taymda u o‘z aybini yuvib, o‘z goli bilan hisobni tenglashtirdi.

O‘yin tugashiga 7 daqiqa qolganida esa Villian jarima zarbasidan unumli foydalanib, "ko‘klar"ga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

Ushbu guruhning ikkinchi uchrashuvida "Portu" safarda "Makkabi Tel-Aviv" jamoasiga qarshi o‘ynab, navbatdagi g‘alabaga erishdi va o‘z ochkolarini 10taga yetkazdi.

YeChL, "G" GURUHI, 4-TUR
Chelsi Angliya – Dinamo Kiyev Ukraina 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 34, avtogol Dragovich, 1:1 – 77 Dragovich, 2:1 – 83 Villian.
Chelsi – Begovich, Zuma, Baba, Aspilikueta, Terri, Ramires, Matich, Fabregas (Azar, 79), Villian (Keyxill, 90), Oskar (Pedro, 79), Diyego Kosta.
Dinamo Kiyev – Shovkovskiy, Xacheridi, Antunesh, Vida, Dragovich, Yarmolenko, Ribalka, Sidorchuk (Garmash, 46), Buyalskiy, Gonsales, Kravets (Morayes, 56).
Ogohlantirishlar: Gonsales (26), Antunesh (59), Buyalskiy (72).

Makkabi Tel-Aviv Isroil – Portu Portugaliya 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 19 Telo, 0:2 – 49 Andre Andre, 0:3 – 72 Layyun, 1:3 – 75, penalti Zaxavi.
Makkabi Tel-Aviv – Raykovich, Garsiya, Ben Xarush (Ben Basat, 46), Tibi, Ben Xaim, Zaxavi, Vermut (Mitrovich, 46), Rikan, Perets (Igebor, 82), Ben Xaim, Alberman.
Portu – Kasilyas, Markano, Martins Indi, Pereyra, Layyun, Ruben Nevesh, Evandro (Errera, 62), Andre Andre (Imbula, 89), Danilu Pereyra, Telo (Varela, 76), Abubakar.
Ogohlantirishlar: Ben Xarush (42), Pereyra (74), Ben Xaim (88).

Top