22:02 / 05.11.2015
2740

Washington Post jurnalisti Eronda sud qilinib, bir necha yilga qamaldi

Eron hukumati bir necha yil davomida AQShning Washington Post gazetasi muxbiri Jyeyson Rizoyonni sud qilgan, deb xabar qilmoqda RIA “Novosti”.

Bu haqda Eron adliya vaziri Mustafo Pirmuhammadiy ma'lum qilgan. U sud hukmi haqida batafsil ma'lumot bermagan va unga oydinlik kiritmagan.

Joriy yilning fevral oyida eronlik diplomat The Washington Post muxbirini ayg‘oqchilikda ayblagan edi. 2014 yilning iyul oyida WP gazetasining maxsus muxbiri o‘z turmush o‘rtog‘i bilan hech qanday tushuntirishlarsiz hibsga olingandi. Bir necha oy davomida unga qo‘yilgan ayblovlarni olib tashlab bo‘lmadi.

2015 yilning oktabr oyida jurnalist ayg‘oqchilikda ayblanib sud qilingandi.

Top