16:52 / 05.11.2015
4130

Hindistonning Micromax Mobile kompaniyasi eng kuchli smartfon ishlab chiqarmoqchi

Hamyonbop smartfonlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Hindistonning Micromax Mobile kompaniyasi o‘zini kuchli smartfonlar ishlab chiqarishda sinab ko‘rmoqchi. Kompaniya o‘zining amaldagi brendiga alohida bo‘lgan yangi Yu Yutopia nomli smartfon ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi.

Kompaniya bergan ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu smartfon taqdim etilgan vaqtda eng kuchli gadjyet bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Hozirda smartfon ustida olib borilayotgan ishlar so‘nggi bosqichga yetib kelgan.

Taxminlarga ko‘ra, Yu Yutopia’ga 5,2-dyuymli Quad HD displey, 2 GGts taktli chastotada ishlaydigan 8 yadroli protsessor, 4 GB tezkor hamda 32 GB doimiy xotira o‘rnatiladi. Shuningdek, smartfon 4G tarmog‘ini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Asosiy kamera 21 Mp va old kamera 8 Mp. Hozirda smartfonning narxi 300 dollar atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda. 

Top