22:19 / 05.11.2015
5871

KUN.UZ dayjesti: 5 noyabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 5 noyabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Aleksandr Lukashenko 2016 yil 1 iyuldan Belarus milliy valyutasi qiymati o‘zgarishi haqidagi qarorni imzoladi>>

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 4 noyabrda Belarus milliy valyutasi denominatsiya qilinishi (pul qiymati o‘zgartirilishi) haqidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Lukashenko matbuot xizmati ma'lum qildi.

Turkmanistonda paxta topshirish rejasi bajarildi>>

Turkmanistonlik fermerlar qabul qilish punktlariga 1,05 million tonna paxta yetkazib berishdi, deya xabar qildi hukumat nashri 3 noyabr kuni Turkmaniston hukumati rahbarining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Esenmirat Orazgeldiyev bayonotiga asoslangan holda.

AQSh Suriyadagi IShID guruhini Asad vaqtida yo‘q qilib bo‘lmaydi, deb hisoblamoqda>>

Suriyada hokimiyat tepasida prezident Bashar Asad bor ekan, mamlakat hududidagi IShID terrorchilik guruhini yo‘q qilib bo‘lmaydi, deb hisoblamoqda AQSh. Bu haqda AQSh Kongressi quyi palatasining tashqi ishlar qo‘mitasida AQSh davlat kotibining Yaqin Sharq masalasida yordamchisi Enn Patterson aytib o‘tgan.

AR: A321 bortida bomba bo‘lgani haqidagi taxmin undagi suhbatlar eshitilganidan so‘ng ilgari surildi>>

Sinay yarim orolida halokatga uchragan Airbus A321 avialayneri bortida portlovchi uskuna bo‘lgani haqidagi versiya maxsus xizmatlar tomonidan IShID suhbatlari maxfiy tinglanganidan so‘ng ilgari surildi. 

AQSh, Isroil, Gruziya va Ukraina BMTda Rossiyaning fazoda qurollanishni taqiqlash tashabbusiga qarshi ovoz berdi>>

AQSh, Isroil, Gruziya va Ukraina BMTda Rossiyaning fazoda qurollanishni taqiqlash tashabbusiga qarshi ovoz berdi, deb xabar bermoqda TASS agentligi.

Suriya armiyasi Damashq yaqinida saudiyalik yollanma jangchilar guruhini yo‘q qildi>>

Suriya hukumat qo‘shinlari Damashq shahri chetida 24 nafar xorijlik jangarilarni yo‘q qildi. RIA Novosti agentligining ma'lum qilishicha, ularning aksariyat qismi Saudiya Arabistonidan kelganlardir.

Nazarboyev Fransiya rahbariyati bilan Qozog‘istondagi sarmoyalar hajmini oshirishni muhokama qiladi>>

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Fransiya rahbariyati va tadbirkorlar doirasi bilan mamlakat iqtisodiyotiga sarmoyalar miqdorini oshirishni muhokama qiladi. Qozog‘iston yetakchisni matbuot kotibi Dauren Abayev ma'lumotiga ko‘ra, 5 noyabrda boshlanadigan Fransiyaga tashrifi doirasida Nazarboyev Fransua Olland va fransuz tadbirkorlari bilan muzokaralar olib boradi.

OAV: Venada Suriya bo‘yicha muzokaralar Saudiya va Eron vakillarining tortishuvi tufayli to‘xtab qolay dedi>>

Venada o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan Suriya bo‘yicha muzokaralar Eron va Saudiya Arabistoni vakillari o‘rtasidagi tortishuv tufayli to‘xtatib qo‘yilishi mumkin edi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Obama: AQShning xorijdagi ta'siri u okkupatsiya qilgan mamlakatlar soniga bog‘liq emas>>

AQShning xorijdagi ta'siri u okkupatsiya qilgan mamlakatlar yoki uchirilgan raketalar soniga bog‘liq emas. Bu haqda mamlakat prezidenti Barak Obama Demokratik partiya uchun mablag‘ to‘plash tadbiridagi ishtiroki chog‘ida aytib o‘tdi.

National: Rossiya havo kuchlari Suriyadagi vaziyatni o‘zgartira olmaydi>>

Rossiya samolyotlari Suriyada 1.6 mingdan ortiq harbiy parvozlarni amalga oshirdi, ammo ular mintaqadagi vaziyatni keskin o‘zgartira olmaydi, deb yozadi The National nashri.

Lavrov: Rossiya o‘zini arosatda qoldirish niyatida emas>>

Rossiya boshqa davlatlarning tutayotgan yo‘llariga qaramasdan, o‘zini siyosiy sahnada yakkalanib qolgan deb hisoblamaydi va o‘zi uchun yangi dushmanlar orttirmaydi.

Bishkekda Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida delimitatsiya va demarkatsiya bo‘yicha muzokaralar boshlandi>>

Bishkekda Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida delimitatsiya va demarkatsiya bo‘yicha muzokaralar boshlandi. Bu haqda 24.kg agentligi xabar bermoqda.

Kreml AQSh va Britaniyaning A321 halokati haqidagi versiyalarini “spekulyatsiya” deb atadi>>

A321 laynerining halokati haqida taxminlar ilgari surish tergovga yarashadi, boshqalar esa faqat tekshirilmagan axborotni yoki quruq spekulyatsiyalarni bayon qilmoqda. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytib o‘tdi.

AQShda zirhli harbiy mashina yadroviy quroli bor yuk mashinasiga urildi>>

AQShning Montana shtatida yadroviy qurolni olib ketayotgan yuk mashinasiga zirhli harbiy mashina urilib ketdi. Bu voqea aks etgan videolavha YouTube servisiga joylashtirildi.

Fransiya o‘z flotining flagman kemasi “Sharl de Goll”ni IShID bilan kurashga jo‘natmoqda>>

Fransiya hukumati IShID terrorchilariga qarshi kurashga o‘z flotining flagman aviatashuvchi kemasi “Sharl de Goll” boshchiligidagi jangovor guruhni yubormoqda.

Atambayev milliy xavfsizlik qo‘mitasi va bosh shtab rahbariyatini o‘zgartirdi>>

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev milliy xavfsizlik qo‘mitasi va bosh shtab rahbarlarini o‘zgartirdi. Bu haqda prezidenti devoni axborot siyosati bo‘limi xabar berdi.

Mo‘g‘uliston Sog‘liqni saqlash va sport vaziri katta miqdordagi pora olgani uchun qamoqqa olindi>>

Mo‘g‘uliston aksilkorrupsiya xizmati xodimlari 5 noyabrga o‘tar kechasi mamlakat Sog‘liqni saqlash va sport ishlari vaziri Ganxuyagiyna Shiylegdambani qamoqqa olishdi. Bu haqda MONTsAME axborot agentligi xabar tarqatgan.

Qozog‘iston milliy banki dollar kursi yuzasidan bayonot beradi>>

Qozog‘iston milliy banki fuqarolarga dollarning tangaga nisbatan kursi yuzasidan tushuntirishlar berishga tayyorlanmoqda. Bu haqda bank raisining o‘rinbosari Quat Qo‘jahmetov gapirib berdi.

Xalqaro kurash uyushmasining XV kongressi bo‘lib o‘tdi>>

4 noyabr kuni Eronning Hurramobod shahrida Xalqaro kurash uyushmasining XV kongressi bo‘lib o‘tdi. Tashkilot saytida chop etilgan hisobotda ta'kidlanishicha, tadbirda bir qator muhim qarorlar qabul qilingan.

Benzema Valbuenaga nisbatan tovlamachilik qilish ishiga aloqadorligini tan olgan>>

4 noyabr kuni Mate Valbuenaga nisbatan tovlamachilik ishi bo‘yicha Versal politsiyasi tomonidan hibsga olingan Karim Benzema bugun sud savollariga javob beradi.

OAV: Suriyalik ekstremistlar germaniyalik homilador jurnalistni asirda tutib turishibdi>>

“Jabhat an Nusra” terrorchilik guruhi jangarilari germaniyalik homilador jurnalistni asirda tutib turishibdi va uning evaziga Germaniya hukumatidan yirik summali pul talab etishmoqda. Bu haqda Al Arabiya kanali xabar bergan.

Yevropa kengashi Yevrohudud YaIM o‘sish hajmining yaxshilanishini bashorat qilmoqda>>

Yevrokengash (YeK) Yevrohudud YaIM o‘sish hajmining 2017 yilda 1,9 foiz, 2016 yilda esa 1,7 foizga ortishini bashorat qilmoqda, deyiladi Yevrokengashning so‘nggi hisobotida.  

Top