00:40 / 05.11.2015
3153

Londonda A321 samolyoti bortida bomba portlagan bo‘lishi mumkinligi istisno qilinmayapti

Buyuk Britaniya bosh vaziri devonxonasida Misrda falokatga uchragan samolyotning bortida bomba portlagan bo‘lishi mumkinligi istisno qilinmayapti, deb xabar bermoqda Dauning-strit matbuot xizmati.

Bu orada Birlashgan Qirollik hukumati tergov tugamaguncha falokat sabablari haqida xulosalar chiqarishga shoshilmaslikka chaqirdi.

Dauning-stritda, shuningdek, Buyuk Britaniya Sinoy yarimoroli ustidan vaqtinchalik parvozlarni to‘xtatishi ma'lum qilindi. Bundan tashqari, Sharm-al-Shayhdan Britaniyaga parvozlar ekspertlarga parvozlarning xavfsizligiga ishonch hosil qilishlari uchun imkoniyat berish maqsadida ushlanadi.

Top