06:12 / 05.11.2015
4696

Misrlik manba: A321 samolyotining falokatiga yonilg‘i baki yoki bomba portlashi olib kelgan bo‘lishi mumkin

Misrda falokatga uchragan A321 samolyotining falokatga uchrashiga portlash sabab bo‘lganiga borgan sari ko‘proq narsa ishora qilmoqda, biroq hozircha qanday turdagi portlash sodir bo‘lgani noma'lumligicha qolmoqda, deb xabar bermoqda tergovga yaqin bo‘lgan misrlik manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

Manbaning aytishicha, bu yonilg‘i baki yoki bombaning portlashi bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

“Portlash bo‘lgan degan taxmin bor, biroq u qanday turdagi ekanligi noma'lum. Bu bomba portlashi bo‘lganmi-yo‘qmi aniqlash uchun falokat joyidagi qum tahlil qilinadi”, deb aytdi manba.

Top