00:55 / 05.11.2015
2979

Oq uy: AQSh samolyotlari Sinay ustidan parvoz qilmaydi

AQSh hukumati mamlakat fuqarolik samolyotlari Misrning Sinay yarim oroli ustidan parvoz etishmaydi, deb ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Oq uy rasmiy vakilining ta'kidlashicha, AQShning birorta yo‘lovchi samolyoti Rossiyaning A321 layneri halokatga uchragan Sinay yarim oroli osmonida parvoz qilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 31 oktabr kuni Sharm-al-Shayxdan Sankt-Peterburgga parvoz qilgan Airbus A321 samolyoti halokatga uchragan, natijada uning bortidagi barcha 217 yo‘lovchi halok bo‘lgan edi.

Bundan avvalroq Buyuk Britaniya hukumati Sharm-al-Shayxdan uchuvchi va unga uchuvchi mamlakat reyslarini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilgani haqida xabar qilingan edi.

Top