00:51 / 05.11.2015
2961

Pokistonda qulab tushgan bino ostida 150 nafar kishi qolib ketdi

Pokistondagi zavod binosining qulashi natijasida uning ostida 150 nafar kishi qolib ketdi, deb xabar bermoqda Reuters.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 18 nafarni tashkil etmoqda.
Bino mamlakat sharqida joylashgan Laxor shahrida joylashgan edi.
Voqea joyida qutqaruvchilar ish olib borishmoqda. Ayni damda vayronalar ostidan 40 nafar kishini qutqarishga erishilgan.

Avvalroq vayronalar ostida o‘nlab inson qolib ketgani, ulardan 10 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Top