Rossiya Suriyaga zenit-raketa tizimlari olib keldi. Rossiya havo kosmik kuchlari bosh qo‘mondoni Viktor Bondaryovning “Komsomolskaya pravda” gazetasiga bergan intervyusida aytilishicha, ular Rossiya samolyotlarini o‘g‘irlab ketishga bo‘lgan harakatlarni yoki javob zarbalarni bartaraf qilishda qo‘llanadi.
“Biz barcha tahdidlarni hisobga oldik, - tushuntirdi u. – Chunki kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Aytaylik, harbiy samolyotning Suriyaga chegaradosh davlat hududida o‘g‘irlab ketilishi va bizga zarba berilishi. Biz bunga tayyor bo‘lishimiz lozim”.