09:50 / 05.11.2015
2823

Rossiyalik bokschi Denis Lebedev WBA talqini bo‘yicha jahon chempioni unvonini himoya qildi

WBA talqini bo‘yicha birinchi og‘ir vaznda jahon chempioni rossiyalik bokschi Denis Lebedev Qozonda bo‘lib o‘tgan boks musobaqasida nigeriyalik Latif Kayodeni mag‘lub etib, o‘z unvonini himoya qildi. Rossiyalik bokschi o‘z raqibini 8-raundda ringga qulatdi.

36 yoshli rossiyalik bokschining umumiy hisobida 28 ta g‘alaba (20 tasi nokaut bilan) va bitta mag‘lubiyat bor. Uning ishtirokidagi bir jang bo‘lib o‘tmagan deb topilgan. 32 yoshli nigeriyalik charm qo‘lqop ustasi o‘z faoliyatida 21 ta g‘alabali seriyadan keyin o‘zining birinchi mag‘lubiyatiga uchradi.

Shuningdek, ushbu musobaqada rossiyalik Rahim Chaxkiyev britaniyalik Ole Afolabiga, Dmitriy Kudryashov nigeriyalik Olanrevadju Durodolega mag‘lub bo‘ldi. Yana bir rossiyalik sportchi Eduard Troyanovskiy argentinalik raqibi Sezara Rene Kuenkouni “yer tishlatdi”.
Ushbu musobaqadan o‘rin olgan bosh jangda rossiyalik taniqli bokschi Aleksandr Povetkin polyak Mariush Vaxni 12-raundda texnik nokaut bilan yutdi va AQShlik jahon chempioni Deontey Uaylder bilan chempionlik jangi o‘tkazish huquqini tasdiqladi.

Top