12:54 / 05.11.2015
2649

Toshkent shahrida aholi yashash sektorlarida sodir bo‘lgan yong‘inlar soni 7,3 foizga kamaydi

2015 yilning 10 oyi davomida poytaxtimizda aholi yashash sektorlarida yuzaga kelgan yong‘inlar soni 2014 yilning xuddi shu davriga nisbatan 7,3 foizga kamaydi. Shuningdek, yong‘in yuzaga kelish holatlari o‘tgan davr mobaynida ta'lim muassasalarida 27,3 foiz, ma'muriy binolarda 17,5 foiz, qurilish obektlarida 25 foizga qisqargan.

Bu haqda Toshkent shahar hokimligida IIBB Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Qish mavsumida Toshkent shahrida yong‘in xavfsizligini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusidagi matbuot anjumanida xabar qilindi.

Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmatining ma'lum qilishicha, yong‘inning oldini olishga qaratilgan mavzularda 95 turdagi 11 mingdan ziyod nusxada eslatma, plakat va shiorlar ishlab chiqilib, joylarga tarqatildi.

 

Top