12:24 / 05.11.2015
4807

Taxiatoshda o‘z tug‘ilgan kuni bazmidan qaytgan shaxs uyining yonib ketishiga sababchi bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xo‘jayli tumanining Taxiatosh shahrida yashovchi R ismli shaxs tug‘ilgan kunida falokatga yo‘liqdi.

"O‘z tug‘ilgan kuni munosabati bilan tashkil qilingan ziyofatdan qaytgan R xursand kayfiyatda edi va xonasiga kirib, televizor tomosha qilishni boshladi. U qo‘lida sigaret tutgan holda qattiq uxlab qoladi va uning qo‘lidagi sigaret pastga tushib, yong‘in chiqadi. Natijada u turli darajadagi kuyish jarohatlarini olib, shifoxonaga yetkaziladi. O‘t o‘chiruvchilar yetib kelgunicha uyning katta qismi butunlay yonib ketgan edi. Uy xo‘jayinining rafiqasi tug‘ilgan kun sovg‘asi ko‘tarib kelganida, "syurpriz"ga duch keladi", deb yoziladi "Pravda Vostoka" nashrida.

O‘zbekiston IIV matbuot xizmati tomonidan ma'lum qilinishicha, o‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston hududida 249ta yong‘in qayd etilgan. Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 4 nafar fuqaro tan jarohatlari olgan. Ushbu yong‘inlarda 481 mln so‘mdan ortiq qurilish konstruksiyalari va 649 mln so‘mga yaqin moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan.

Top