16:54 / 06.11.2015
2112

Lufthansa: ish tashlashlar sababli 290 reys bekor qilindi

Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi 6 noyabr kuni boshlanadigan bort kuzatuvchilarining ish tashlashlari sababli 290ta reys bekor qilinishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Frans Press xabar berdi.

Lufthansa murojaatida 290ta, jumladan, Frankfurta-na-Mayne va Dyusseldorf aeroportlaridan kun o‘rtasida havoga ko‘tarilishi lozim bo‘lgan 23ta qit'alararo reys bekor qilinishi aytib o‘tilgan. Parvozlar jadvalidagi o‘zgarishlar 37,5 ming yo‘lovchi rejalariga ta'sir ko‘rsatadi.

Avvalroq aviakompaniya bort kuzatuvchilarining ish tashlashlari ko‘plab oqibatlarga, ichki Yevropa reyslarining bekor qilinishiga olib kelishini ma'lum qilgan edi. Kontsern vakilining so‘zlariga ko‘ra, Lufthansa maxsus ishlab chiqilgan parvozlar jadvali asosida ish olib boradi.
Ushlanib qolishi mumkin bo‘lgan yo‘lovchilarni joylashtirish uchun birgina Frankfurte-na-Maynening o‘zida kompaniya 2,5 mingta mehmonxona xonasini band qilib qo‘ydi.

6 noyabr kuni Bort kuzatuvchilari mustaqil tashkiloti kasaba uyushmasi Frankfurt va Dyusseldorf aeroportlarida ish tashlashlar 14:00dan (Toshkent vaqti bo‘yicha 18:00) boshlanadi. Ayrim manbalarda keltirilishicha, ish tashlashlar kelgusi juma, 13 noyabrga qadar davom etishi mumkin.

Har ikki tomon ham o‘tgan safargi tarif muzokaralarida bir qarorga kela olishmagan edi. Kasaba uyushmasi Lufthansa oldindan tayyorgarlik ko‘rmasligi uchun ish tashlashlar vaqti va qamrovi haqida oldindan xabar bermaslikka qaror qildi.

Top