15:37 / 06.11.2015
3180

Neft narxlari 2 kunlik pasayishdan keyin yana o‘sdi

6 noyabr, juma kuni AQSh neft zaxirasi oshishiga qaramasdan neft narxida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilgan.

Toshkent vaqti bilan soat 10.11dagi savdolarga ko‘ra Brent turidagi neft narxi ICE Futures birjasida 0,28 dollarga (0,58 foiz) oshgan va bir barreli 48,26 dollarni tashkil etgan.

Nyu-York birjasida (NYMEX) WTI turidagi neft narxi esa 0,25 dollarga (55 foiz) ko‘tarilib, bir barreli 45,45 dollarni tashkil etgan.

Shu tariqa, joriy haftada Brent turidagi neft narxidagi o‘sish 2,6 foiz, WTI turidagisida esa 2,4 foizni tashkil etgan.

AQSh energetika vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, sotiladigan neft zaxirasi (strategik zaxiradan tashqari) mamlakatda bir haftada 30 oktabr holatiga, 2,847 million barrelga oshgan yoki 0,6 foizga va 482,8 million barrelni tashkil etgan.

Neftni qazib olish 0,5 foizga oshgan yoki kuniga 48 ming barrelni tashkil etgan.

Top