22:32 / 06.11.2015
3005

Nepalda mashhur aktyor Benedikt Kamberbetch ijrosida yangi blokbaster suratga olinadi

Butun dunyoga mashhur bo‘lgan induizm ehromlar majmui — Pashupatinatx manzaralarini Amerika komiksi asosida suratga olingan Doktor Strenj haqidagi filmda tomosha qilish mumkin. Filmni suratga olish ishlari ayni kunlarda Nepal poytaxtida start olgan. Bu haqda The Kathmandu Post gazetasi xabar bermoqda.

Namoyishi keyingi yilning kuzida mo‘ljallangan bo‘lajak film hisob bo‘yicha Marvel-studioning superqahramonlar to‘g‘risidagi komikslar asosida ishlagan o‘n to‘rtinchi kartinasi hisoblanadi. Filmdagi bosh qahramon obrazini Buyuk britaniyalik mashhur aktyor Benedikt Kamberbetch gavdalantirgan.

Benedikt Kamberbetch ingliz detektiv seriali — Sherlok Xolmsda bosh rolni ijro etganidan so‘ng, anchayin tanilib ketdi. Uning ijodiy faoliyatida mashhur WikiLeaks sayti tashkil etilishi haqida suratga olingan Julian Assanj roli, Charlz Darvin haqida suratga tushirilgan “Ibtido” kartinasi qahramoni Jozef Guker obrazlarini ko‘rish mumkin.

Top