19:16 / 06.11.2015
2475

OAV: Misrda ekstremistik faoliyatda gumon qilinayotgan 22 kishi qo‘lga olindi

Misr huquq-tartibot organlari Sinay shimolidagi keng miqyosli maxsus operatsiya chog‘ida ekstremistik faoliyatga aloqador 22 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda al-Masri al-Yawm portali xabar berdi.

Aytilishicha, ayni paytda maxsus xizmat xodimlari gumondorlarning ekstremistik harakatlardagi ishtiroki darajasini tekshirmoqda.
Sinay yarim orolidagi aksilterror amaliyoti ikki yildan buyon davom etmoqda. Bu hududda o‘rnashib olgan ekstremistik guruhlar harbiylar va politsiyachilarga hujum qilmoqda. Ular 2013 yili hokimiyatdan chetlashtirilgan prezident Muhammad Musriyning tarafdorlaridir.

Top