14:55 / 06.11.2015
3889

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari yig‘ilib, ilk mashg‘ulotni o‘tkazishdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5 noyabr kuni o‘zining KXDR hamda Yamanga qarshi o‘yinlari oldidan yig‘inga kirdi va ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasida 12 noyabr kuni KXDR terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv Toshkentdagi "Paxtakor" markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin 18:00da boshlanadi. O‘yinni Alirizo Fag‘oni boshchiligidagi eronlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

17 noyabr kuni esa O‘zbekiston safarda Yamanga qarshi maydonga tushadi. Yamandagi notinch vaziyat sabab, ushbu o‘yin Qatar poytaxti Dohada o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda "H" guruhida KXDR terma jamoasi 5ta o‘yinda 13 ochko to‘plagan holda peshqadam bo‘lib turibdi. O‘zbekiston esa guruhdagi raqiblaridan bir o‘yin kam o‘tkazgan holda 9 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Top