17:24 / 06.11.2015
4058

Peskov Obamaning A321 haqidagi fikrlarini inkor qildi

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh prezidenti Barak Obamaning yaqinda halokatga uchragan A321 samolyoti haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi. TASS agentligining eslatib o‘tishicha, Obama samolyot bortida bomba bo‘lganini taxmin qilgan edi.

“AQSh prezidenti qandaydir aniq mulohazalar bermadi. Bu taxminlardan biri. Biz tergov bo‘layotganini va barcha variantlar uning doirasida ko‘rib chiqilishini aytgan edik”, - dedi Peskov.
“Hozircha biror aniq xulosa yo‘q”, - qo‘shimcha qildi u.

Top