12:10 / 06.11.2015
3127

Qirg‘iziston prezidenti boshqaruvning parlament shakliga o‘tish kerakligini ta'kidladi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev mamlakatda boshqaruvning parlament shakliga o‘tish kerakligini ta'kidladi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.

Yangi hukumat a'zolarining qasamyod qabul qilishi marosimidagi ishtiroki chog‘ida davlat rahbari parlamentariylarga konstitutsiyaga boshqaruv shaklini o‘zgartirish borasida qo‘shimchalar va o‘zgartishlar kiritish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi.

“Asosiy qonunda ziddiyatlar bor, - tan oldi u. – Uni xohlagan odam xohlaganiday talqin qilishi mumkin. Ikki yildan so‘ng biz mamlakat tadqirini bir kishining qo‘liga topshirib qo‘ysak, bu noto‘g‘ri bo‘ladi”.

Top