07:36 / 06.11.2015
4216

Roy Kin: Agar Yang "MYu" futbolchisi bo‘lsa, men xitoylikman

"Manchester Yunayted" jamaosining sobiq futbolchisi va sardori Roy Kin jamoa futbolchilaridan biri Eshli Yangning YeChL doirasida TsSKAga qarshi o‘tkazilgan o‘yindagi harakatlarini tanqid qildi.

"Agar Eshli Yangni "MYu" futbolchisi deb bilsalaring, mein xitoylik deb atanglar. Bu juda sharmandali hol. Tajribali futbolchilar "MYu" futbolchisiga bunday harakatlar to‘g‘ri kelmasligini tushuntirib qo‘yishlari kerak.

O‘sha vaziyatda u yiqilmadi, balki dumaladi. Bu sharmandalik. Bir yoki ikki marta bunday harakatni kechirish mumkin. Lekin u 9-10 marta shunday qildi. Yang avvalgi jamoasida ("Aston Villa" - Kun.uz izohi) ham shunday dumalardi", deydi Kin ITV Sport telekanaliga bergan intervyusida.

Top