17:22 / 06.11.2015
2586

ShHT mintaqaviy aksliterror strukturasi va Interpol rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

2-4 noyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti mintaqaviy aksilterror strukturasi ijroiya qo‘mitasi direktori Chjan Sinfen boshchiligidagi delegatsiya Interpol bosh kotibi Yurgen Stokning taklifiga binoan xalqaro politsiyaning Ruanda poytaxti Kigalida o‘tkazilgan 84-Bosh Assambleya yig‘ilishida ishtirok etdi.

Tadbirning yakuniy kunida ikki xalqaro tashkilot rahbarlari o‘zaro uchrashuv o‘tkazib, jahondagi vaziyat borasida fikr almashdi. Chjan Sinfen Yurgen Stokni aksilterror strukturasining vazifalari hamda mintaqada va ShHTda tutgan o‘rni bilan tanishtirdi.

Bundan tashqari, butun dunyoda terrorchilikning avj olib borayotgan, xususan Suriyadagi vaziyat hamda uning boshqa mintaqalarga ta'siri ham global xavfsizlik borasida uyushqoqlik bilan harakat qilish lozimligi ta'kidlandi.
Assambleya chog‘ida delegatsiya, shuningdek, bir qator davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Top