17:42 / 06.11.2015
5889

Stokgolm markazida kuchli portlash yuz berdi

Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahri markazida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy manbalarga asoslangan holda The Independent nashri xabar tarqatdi.

Hududga politsiya va shifokorlar yetib kelgan.

Politsiya voqea sabablari haqida aniq ma'lumot bermagan.

Hozircha portlash qurbonlari haqida ham ma'lumotlar yo‘q.

Ayni vaqtda portlash yuz bergan hudud 4 tomondan o‘rab olingan.

Shvetsiyadagi Aftonbladet nashrining yozishicha, bu portlash uylardan birida sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, kuchli portlash to‘lqini sababli uylarning derazalari to‘kilib ketgan.

Yevropadagi ba'zi nashrlarda yozilishicha, bu portlash gazdan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida ro‘y bergan.

Top