11:46 / 06.11.2015
3616

U-17 Jahon chempionati. Finalda Nigeriya va Mali o‘smirlari o‘ynaydi

5 noyabr kuni Chili mezbonlik qilayotgan  o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Yarim final juftliklarining birinchisida Mali terma jamoasi Belgiyani (3:1) hisobida yengdi. Ikkinchi juftlikda esa amaldagi jahon chempionlari bo‘lgan Nigeriya o‘smirlari meksikaliklarni mag‘lub etdi (4:2).

Shu tariqa 9 noyabr kungi final uchrashuvida Afrikaning ikki vakili – Nigeriya va Mali to‘qash keladi. Bu o‘yin Vinya-del-Mar shahridagi "Sausalito" stadionida o‘tkaziladi.

8 noyabr kuni 3-o‘rin uchun bahsda Belgiya Meksika bilan o‘ynaydi.

O‘zbekiston o‘smirlari bu turnirda qatnashmadi.

JCh-2015 (U-17)
1/2 final
Mali U-17 – Belgiya U-17 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 16 Rigo, 1:1 – 22 Traore, 2:1 – 55 Maiga, 3:1 – 84 Koyta.
Mali U-17 – Diarra, Sangare, Fofana, Bagayoko, Diakite, Edara, Simpara (Diarra, 71), Maiga (Diakite, 68; Edara, 83), Malle, Koyta, Traore.
Belgiya U-17 – Tenkens, Fas, Lemuan, Seygers, Rigo, Mangalya (Van Varenberg, 61), Ademoglu, Delorj, Azzaui (Vanzeyr, 56), Yanssens, van Kamp.
Ogohlantirishlar: Fofana (25), Koyta (60), Traore (85), Lemuan (89).

Meksika U-17 – Nigeriya U-17 2:4 (1:2, 1:2)
Gollar: 1:0 – 7 Maganya, 1:1 – 35 Nvakali, 1:2 – 43 Okvonkvo, 2:2 – 59 Kortes, 2:3 – 67 Ebere, 2:4 – 83, penalti Osimxen.
Meksika U-17 – Romero, Venegas, Eskivel, Lara (Eskalante, 63), Kortes, Lara, Servantes, Lopes, Maganya (Ibarra, 69), Samudio (Gurrola, 66), Agirre.
Nigeriya U-17 – Udo, Ikvu, Lukman, Djon, Anumudu, Enogela, Nvakali, Chukvueze (Alimi, 86), Ebere (Madueke, 75), Osimxen, Okvonkvo (Osikel, 90).

Top