18:01 / 06.11.2015
3770

UYeFA «Beshiktosh» va «Lokomotiv» jamoalariga qarshi ish ochdi

UYeFA Yevropa Ligasi doirasidagi «Beshiktosh» va Moskvaning «Lokomotiv» jamoalari uchrashuvidagi intizomiy holat bo‘yicha ish ochdi.

Tashkilot matbuot xizmatining yozishicha, turk klubi UYeFA tashkiloti va xavfsizligi qoidalarini va stadionda muxlislarning pirotexnika vositalarini ishlatishga qo‘yib bergani uchun aybdor deb topilishi mumkin.

O‘z navbatida, «Lokomotiv» ham muxlislarning Turkiyadagi provakatsiyalari qoidalarga zid ravishda javob qaytarishga uringani uchun jazoga tortilishi mumkin.

UYeFA tartib-intizom qo‘mitasi mazkur ish bo‘yicha materiallarini 19 noyabr kuni ko‘rib chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, bu «Lokomotiv»ning bu mavsum Yevropa Ligasi doirasidagi ikkinchi shunday muammoga duch kelishi bo‘ldi. Oldinroq jamoa Moskvadagi «Skenderbeu»ga qarshi uchrashuvdagi muxlislarning noxulqiy harakatlari uchun jazoga tortilgandi.

Top