10:49 / 06.11.2015
6229

Uzsalaman O‘zbekiston ichki ishlar xodimlariga 40 ming juft qishki oyoq kiyim yetkazib beradi

Uzsalaman qo‘shma korxonasi Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz”da o‘z ishini yakunlagan IX xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi doirasida maxsus oyoq kiyim tayyorlab, yetkazib berish bo‘yicha bir qator manfaatli shartnomalar tuzishga erishdi.

Uning buyurtmachilari ichida “Sho‘rtanneftegaz”, “Farg‘onaazot”, “Maksam-Chirchiq” singarilar bor. “Maksam-Chirchiq” Uzsalaman’ning doimiy mijozi bo‘lib, u har yili 600 mln so‘mlik mahsulot buyurtma qilishi ta'kidlandi.

Bundan tashqari, kompaniya mutasaddilarining ma'lumot berishicha, joriy yilda IIV xodimlariga 40 ming juft qishki oyoq kiyim yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Yarmarka doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan tabiiy xom ashyo yetkazib berish bo‘yicha 2 mlrd so‘mlik shartnoma imzolandi.

Top