"Zenit" jamoasining braziliyalik hujumchisi Xalk YeChLning 4-turining eng yaxshi futbolchisi sifatida e'tirof etildi. Bu haqda UYeFAning rasmiy sayti xabar tarqatgan.
Tashkilot saytida o‘tkazilgan so‘rovnomada qatnashuvchilarning 32 foizi braziliyalik futbolchi uchun ovoz bergan.
Xalk YeChLning 4-turi doirasida "Lion" va "Zenit" o‘rtasida kechgan uchrashuvda 2ta samarali to‘p uzatdi va jamoasining muddatidan oldin pley-offga chiqishiga munosib hissa qo‘shdi.
Qayd etish kerakki, u YeChLning joriy mavsumida 4ta o‘yinda 3ta gol va 4ta pas amalga oshirgan.