07:26 / 07.11.2015
2539

AQSh Davlat departamenti: BRIKS va Fors ko‘rfazining boy davlatlari suriyalik muhojirlarga ko‘proq yordam berishlari kerak

AQSh Davlat kotibining aholishunoslik, qochqinlar va migratsiya ishlari bo‘yicha yordamchisi Enn Richard C-SPAN teleradiokompaniyasidagi ko‘rsatuvlardan birida BRIKS davlatlari va Saudiya Arabistoni, Qatar kabi Fors ko‘rfazining badavlat davlatlari suriyalik muhojirlarga ko‘proq yordam berishlari kerak, deb aytdi.

“Biz Iordaniya va Livanga nisbatan Fors ko‘rfazining boy davlatlari suriyalik qochqinlarga ko‘proq yordam berishlarini istardik”, deb aytdi Richard.

Richardning aytishicha, AQSh BRIKS davlatlari – Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va kamroq miqdorda JARdan ko‘proq sa'y-harakatlarni ko‘rishni istaydi. “Bular Yaqin Sharq mintaqasi haqida qayg‘uruvchi va gumanitar sohada ko‘proq narsa qila oladigan va qilishi lozim bo‘lgan badavlat davlatlardir”, deb ta'kidlab o‘tdi Richard.      

Richardning aytishicha, Fors ko‘rfazining Kuvayt va BAA kabi davlatlari Saudiya Arabistoni va Qatardan ko‘ra qochqinlar hayotida faolroq ishtirok etmoqdalar.

Top