09:31 / 07.11.2015
3831

Krishtianu Ronaldu: Men uchun dunyoning har qanday ligasida eshiklar ochiq

"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelajakda Madridni tark etishi ehtimollari haqida aytib o‘tdi.

"Dunyoning har qanday ligasida meni qabul qilishadi. Men ham hech bir chempionat eshigini o‘zim uchun yopmayman.

MLS chempionatida ishtirok etish haqida ham o‘ylaganman. Har doim u yerda o‘ynish imkonini ko‘rib chiqishim haqida gapirganman. AQSh ishlash va yashash uchun yaxshi joy.

"Manchester Yunayted"da esa menga o‘z farzandlaridek munosabatda bo‘lishadi. Menda bu jamoa va uning muxlislari bilan bog‘liq yorqin xotiralar mavjud. Men Ferdinand, Giggz, Vidich, Evra va Nani bilan do‘stona aloqalarni saqlab qolganman", deydi Krishtianu Ronaldu.

Top