08:59 / 07.11.2015
3729

Krishtianu Ronaldu: Mourino dunyodagi eng kuchli murabbiy

"Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning hisoblashicha, Joze Mourino dunyoning eng kuchli murabbiyidir.

"Joze Mourinoni dunyoning eng kuchli murabbiyi deb bilaman. Bu haqida har doim gapirganman.

U ajoyib boshqaruvchi, klub uchun juda ko‘p yaxshi ishlar qiladi va ko‘plab sovrinlar yutib olgan.

Rafael Benites va Mourino bilan ishlash men uchun qulay. Biz o‘zimiz ishtirok etadigan barcha musobaqalarda g‘olib chiqishni istaymiz", - deydi Ronaldu.

U shuningdek, Mourino "Chelsi"dagi vaziyatni o‘nglay olishiga ishonch bildirishini aytib o‘tgan.

"Men Mourino bilan ishlaganman va uning nimalarga qodir ekanligini bilaman. Ayni paytda u qiyin ahvolda. Unga ushbu vaziyatdan chiqib keta olishini tilayman va bunga ishonaman. U "Chelsi" muxlislarini xursand qila oladi, chunki ular bunga haqlilar", - deydi Ronaldu.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourino Krishtianu Ronalduga 2010-2013 yillarda qadar "Real"da ustozlik qilgandi.

Top