10:16 / 07.11.2015
12334

"Yilning eng chiroyli goli" muallifligi uchun da'vogarlar ro‘yxati e'lon qilindi

FIFA yilning eng chiroyli goli uchun beriladigan Ferents Pushkash mukofoti uchun nomzodlar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Ushbu ro‘yxatdan 10 nafar futbolchi joy olgan bo‘lib, ular orasida "Barselona" hujumchisi Lionel Messi va "Roma" yarim himoyachisi Alessandro Florentsi nomlarini ko‘rish mumkin.

1) «Flitvud» hujumchisi Devid Bollning «Preston» darvozasiga urilgan goli;

2) «Real Sosedad» yarim himoyachisi Chori Kastroning «Deportivo» darvozasiga urilgan goli;

3) «Roma» yarim himoyachisi Alessandro Florentsining YeChL guruh bosqichida «Barselona»ga qarshi o‘yinda urgan goli;

4) «Atletiko Goyanense» futbolchisi Vendellaning «Goyanezii» darvozasiga yo‘llangan goli;

5) AQSh ayollar terma jamoasi futbolchisi Karli Lloydning JChda Yaponiya darvozasiga urgan goli;

6) «Barselona» hujumchisi Lionel Messining Ispaniya Kubogi uchun final o‘yinida «Atletik» darvozasiga urgan goli;

7) «Milan» himoyachisi Filipp Meksesning «Inter» bilan o‘rtoqlik uchrashuvida urgan goli;

8) «Paderborn» himoyachisi Marsel Ndjyenganing «Bolton»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida urgan goli;

9) Kosta-Rika chempionati vakili «Erediano» jamoasi futbolchisi Esteban Ramiresning«Deportivo Saprissa» jamoasiga urgan goli;

10) «Yuventus» hujumchisi Karlos Tevesning Italiya chempionati doirasida «Parma» darvozasiga urgan goli.

Ovoz berish jarayoni 1 dekabrga qadar davom etadi, shundan so‘ng sovringa nomzod uch nafar futbolchi tanlab olinadi. G‘olib nomi 2016 yil 12 yanvar kuni “Oltin to‘p” sovrinini topshirish vaqtida ma'lum bo‘ladi.

Top