12:27 / 07.11.2015
5968

Raul Kastro hokimiyatni qachon tark etishini aytdi

Kuba rahbari Raul Kastro 2018 yilda hokimiyatni tark etishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda "RIA Novosti" nashri xabar tarqatgan.

"Men kubaliklarning "katta bobosi" yoki "katta nabirasi" emasman. Xalq mendan charchashini istamayman. 2018 yilning 24 fevralida 5 yillik muddat tugaydi va men iste'foga chiqaman", deydi Kastro Meksika prezidenti Enrike Penya Neto bilan uchrashuvi chog‘ida.

Qayd etish kerakki, hozirda 84 yoshda bo‘lgan bu siyosatchi 2013 yilda Kuba prezidentligiga qayta saylangandi va uning amaldagi ikkinchi muddati oxirgisi bo‘lib qoladigan bo‘ldi.

Top