08:00 / 07.11.2015
2720

Rossiyaning sobiq matbuot vaziri Mixail Lesin vafot etdi

Rossiyaning sobiq matbuot vaziri va “Gazprom-media” kompaniyasining sobiq rahbari  Mixail Lesin 6 noyabrda vafot etdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

Lesin Vashingtondagi mehmonxonada o‘z xonasida o‘lik holda topilgan.

Lesin 1999-2004 yillarda Rossiya matbuot, teleradiouzatish va ommaviy kommunikatsiya vositalari ishlari bo‘yicha vazir lavozimini egallagan.

Lesin “Video Interneshnl” kompaniyasi asoschisi va Russia Today telekanali yaratilishi tashabbuschilaridan biri hisoblanadi.

Lesin, shuningdek, 2013 yil 1 oktabridan 2015 yil 12 yanvarigacha “Gazprom-Media Xolding” kompaniyasi boshqaruv raisi sifatida ham faoliyat yuritgan. 

Lesin oilasi vakillari uning yurak xurujidan 58 yoshda hayotdan ko‘z yumganini ma'lum qilishdi.

Shu sabab Rossiya prezidenti Vladimir Putin marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirdi.

Top