11:55 / 07.11.2015
3695

Sanders: Men milliarderlardan moliyaviy ko‘mak olmagan yagona demokrat nomzodman

AQSh prezidentligi uchun saylovlarda demokratlar partiyasidan nomzod bo‘lgan Berni Sanders o‘z raqiblaridan biri Hillari Klinton tomonidan nomzodlarning saylovoldi kampaniyasi moliyalashtirilishi xususida bildirgan fikrlarini inkor qildi. Bu haqda The Hill xabar qilgan.

"Menda Hillari Klintondagidan boshqacharoq fikrlar mavjud. Bulardan biri shuki, men saylovoldi kampaniyasini moliyalashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralarni yetarlicha deb hisoblamayman", deydi Sanders.

O‘zining aytishicha, u millioner yoki milliarderlardan saylovoldi kampaniyasi uchun yordam mablag‘i olmagan yagona demokrat nomzod hisoblanadi.

"Biz eskicha yo‘l tutdik. 750 ming tarafdorim o‘rtacha 30 dollardan yig‘ib berishdi", deydi u.

Biroz oldinroq Sanders respublikachilarni saylovchilarga bosim o‘tkazishda ayblab, ularni "siyosiy qo‘rqoq" deb atagandi.

Top