00:16 / 07.11.2015
4934

Yangi BlackBerry Priv Android-smartfoni sotuvga chiqarildi

AQShda QWERTY-klaviaturasiga ega, vertikal slayderli BlackBerry Priv Android-smartfonining sotuvi boshlandi. Uni AT&T mobil aloqa operatoridan sotib olish mumkin.

Qurilma xuddi Samsung Galaxy S6 Edge smartfoni singari Quad HD li 5,4-dyuymga ega qayrilma displeyga ega bo‘ldi. BlackBerry Priv Adreno 418 grafik chipli olti yadroli Qualcomm Snapdragon 808 protsessorida ishlaydi. 3 GB tezkor xotira va 32 GB doimiy xotiraga ega. Shuningdek, 2TB hajmli microSD kartochkasini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Asosiy kamera Schneider-Kreuznach optikasi hisobiga 18 megapikselni tashkil etdi. 4K videosini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Old kamerasi esa 2 Mp. BlackBerry Priv shartnomasiz 699 dollar qiymatga ega.

Top