07:06 / 08.11.2015
2824

Hasan Ruhoniy: terrorchilik muammosini dunyo darajasida hal qilish kerak

Terrorchilik muammosini dunyo darajasida hal qilish kerak, deb aytdi 7 noyabrda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Yevroparlament rahbari Martin Shults bilan uchrashuvi paytida.

“Agar himoyasiz odamlarni ularning milliy yoki etnik mansubligiga qaramasdan o‘ldirish barchamiz uchun qabul qilib bo‘lmaydigan holat bo‘lsa, unda terrorchilikka qarshi kurash global bo‘lishi kerak. Agar bu biz uchun muhim va ravshan bo‘lsa, unda terrorchilikning o‘sishiga yordam beruvchi sharoitlarni yo‘q qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlik samarali bo‘ladi”, deb keltirilmoqda Ruhoniyning aytgan so‘zlari uning saytida.

Ruhoniyning ta'kidlashicha, Eron ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha 37 yildan ko‘proq tajribaga ega. “Aynan shu holat bizni terrorchilikka qarshi jiddiy kurashishga undaydi”, deb aytdi Ruhoniy.

Shu bilan birga Ruhoniy turli madaniyat vakillari o‘rtasida hamjihatlikning muhimligini ta'kidlab o‘tdi. “Ilmiy va madaniy, olimlar va o‘quvchilar o‘rtasida almashuv nafaqat ikki tomonlama darajada, balki butun xalqaro hamjamiyat uchun foydali bo‘ladi”, deb ta'kidladi Eron prezidenti.

Top