23:55 / 08.11.2015
3226

Livanda Isroil uchun josuslik qilgan uch nafar shaxs qo‘lga olindi

Livan hukumati Isroil uchun josuslik qilganlikda ayblab, ikki nafar o‘z fuqarosi va bir nafar Suriya fuqarosini qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda The Jarusalem Post.

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, ular mamlakatning muhim tumanlarini videotasvirga olishgan. Bundan tashqari, Isroil uchun xavfsizlik xizmatlari xodimlari haqida keraklari ma'lumotlar to‘plashgan.

Avvalroq xuddi shu holat Eronda ham kuzatilgan edi. O‘shanda AQSh va Livan fuqarolari ayg‘oqchilikda ayblanib, hibsga olingandi. Ularning “AQSh razvedkasi va harbiy rahbarlari bilan aloqasi bor”, degan ma'lumotlar berilgan edi.

Top