10:16 / 08.11.2015
3110

Nyu-York ahli Trampning teleshoudagi ishtirokiga qarshi norozilik aksiyasi uyushtirdi

Nyu-York ahli prezidentlikka nomzod, milliarder Donald Trampning “Shanba kechasi” teleshoudagi ishtirokiga qarshi norozilik aksiyasi uyushtirdi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

Namoyishchilar “Tramp minorasi”dan NBC telekanali studiyasiga qadar borib, “Donald Tramp teleshouda chiqmasin” deb xitob qildilar.
Telekompaniya bu borada rasmiy izohlar bermadi.

Top