17:29 / 08.11.2015
3148

OAV: Afg‘onistonning Nangarxar viloyatida 33 jangari yo‘q qilindi

Afg‘onistonning sharqidagi Nangarxar viloyatida afg‘on hukumati kuchlari tomonidan o‘tkazilgan operatsiya chog‘ida 33 nafar jangari yo‘q qilindi. Bu haqda Hama Press axborot agentligi xabar bermoqda.

Viloyat rahbariyati ma'lumotida keltirilishicha, “Achin tumanida o‘tkazilgan harbiy operatsiya chog‘ida 25 nafar qurollangan ektremist halok bo‘lgan".

Bundan tashqari, qurolli qo‘shin bilan Bati-Kot hududida ham reyd olib borilgan. Terrorchilik guruhining besh nafar a'zosi yo‘q qilingan, yetti nafari qo‘lga olingan. Mahalliy hukumat vakilining so‘zlariga ko‘ra, operatsiya vaqtida jangarilardan o‘q otar qurollar, qo‘l granatalari va bir qancha radiouzatgichlar olib qo‘yilgan.

Top