23:11 / 08.11.2015
2661

Permda avariyaviy holatdagi turar-joy binosi qulab tushdi

Permda avariyaviy holatdagi ikki qavatli turar-joy binosi gaz balloni portlashi oqibatida qisman qulab tushdi. Hozircha bir kishi jarohat olgani ma'lum qilingan. U shifoxonaga olib ketilgan. Birinchi qavatda yashaydigan yana bir kishi portlash kuchi oqibatida oynasidan ko‘chaga uchib chiqqan, biroq shifoxonaga borishdan bosh tortgan.

Yana 6 kishi evakuatsiya qilingan.

“9 foiz tanasi kuygan bir kishi bor. Dastlabki taxminga ko‘ra, uyning qulashiga gaz balloni portlashi sabab bo‘lgan. Uyga gaz quvuridan gaz yetkazilishi rasman to‘xtatib qo‘yilgan”, deb aytdi Perm o‘lkasi gubernatori ma'muriyati boshlig‘i o‘rinbosari Igor Orlov.

Orlovning aytishicha, uy 2008 yilda avariyaviy holatda deb topilgan edi. 2010 yilda uyda yashovchilar boshqa joylarga ko‘chirila boshlangan. Rasman uyda hech kim turmagan. Biroq, oilalardan biri ko‘chishdan bosh tortgan. U yerda bir kishi turgan. Uy bu odam turadigan pod'yezdning boshqa tomonidan qulagan. Gubernatorning taxminicha, uyning qulagan qismida muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan odamlar yashagan.

Voqea joyida qutqaruv, o‘t o‘chirish xizmatlari, politsiyachilar, tez tibbiy yordam xodimlari ish olib borishmoqda. Vayronalar ostida odamlar qolib ketgan bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Top