19:42 / 08.11.2015
3717

Qarshida "Nexia" avtomobilini olib qochgan shaxs qo‘lga olindi

Qarshi shahar IIB navbatchilik qismiga mahalliy fuqarodan "Nexia" rusumli avtomobili noma'lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar kelib tushgan. 

Ichki ishlar organlari xodimlarining aniqlashlaricha, avtomobil arizachi tomonidan Qarshi temir yo‘l bekatining avtomashinalar saqlash joyida qoldirilgani ma'lum bo‘lgan. Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi 31 yoshli fuqaro ekanligi aniqlandi va qo‘lga olindi. 

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top