19:57 / 08.11.2015
3952

Seysmolog: o‘zbekistonlik olimlar zilzilani oldindan aniqlash borasidagi tadqiqotlarga muhim hissa qo‘shganlar

O‘zbekistonlik seysmolog olimlar zilzilalarni oldindan aniqlash texnologiyalarini yaratish borasidagi tadqiqotlarga o‘zlarining muhim hissalarini qo‘shishgan. Bu haqda O‘zFA Seysmologiya instituti laboratoriyasi rahbari Turdiali Ortiqov aytib o‘tdi.

“Bu masala (zilzilani oldindan aniqlash) ustida dunyo olimlari anchadan beri bosh qotirishmoqda va ma'lum yutuqlar qo‘lga kiritilgan, - dedi u “Darakchi” muxbiri bilan suhbatda. – Darvoqe, bu masalani hal etishda o‘zbek olimlarining ham hissasi katta bo‘ldi. Bizning yurtimizda birinchi bo‘lib dunyo seysmologik amaliyotida kuchli zilzilalar yuz berishi oldidan yer osti suvlarining kimyoviy tarkibida muayyan o‘zgarishlar yuz berishi (129-raqamli kashfiyot), shuningdek, bir qancha zilzilaning boshlang‘ich alomatlari aniqlandi. Seysmologiya institutimiz olimlari jamoasi mintaqamizdagi bir qancha zilzilalarni oldindan aytib bera olishdi”.

Shu bilan birga, Ortiqov ayrim tajribalar, xususan, itlarning zilzilani oldindan ko‘rsatib bera olishi borasidagi tekshiruvlar natija bermaganini ta'kidladi: “Afsuski, Toshkentda yuz bergan yer silkinishlari arafasida itlar ustida o‘tkazgan tajribalarimiz kutilgan natijani bermadi”.

Top